Bu haqda Virusli infeksiyalarni oldini olish va davolash ilmiy axborot markazi direktori, immunolog Georgiy Vikulov hikoya qilib berdi. U immun tizimi har qanday virusdan muhim himoya vositasi, va uni mavsumiy kasalliklarga tayyorlash imkoniyati mavjud ekanligini eslatdi.

Muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish kerak, lekin albatta chegaradan chiqib ketmagan holda, deb taʼkidladi Vikulov Sputnik radiosiga bergan intervyusida. Kam harakat ham xuddi ortiqcha vazn kabi immunitetga taʼsir oʻtkazadi. “Haddan tashqari serharakat — bu stress keltirib chiqaradigan omil boʻlib, u distressni ham keltirib chiqarishi va endokrin mexanizmlar orqali koʻpgina immunologik reaksiyalarni soʻndirib qoʻyishi mumkin”, — deb tushuntirdi immunolog.

Oʻrtamiyona jismoniy harakatdan tashqari oziqlanish odati ham muhim. Vikulovning soʻzlariga qaraganda, immunitetga xolesterin darajasi bilan yurak-qon tomir tizimi holati ham taʼsir oʻtkazadi ekan. Shuningdek, immunitetni tushirib yuboradigan tamaki va spirtli ichimliklarni ham suiisteʼmol qilmaslik kerak, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.