Ustav Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ustavga koʻra, islom dinining insonparvarlik mohiyati, maʼrifiy-madaniy roli va rivojlanish yoʻnalishlarini ilmiy asosda oʻrganish va keng ommaga yetkazish Markazning vazifalaridan biri hisoblanadi.
Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi, jumladan:
- Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy va ularning izdoshlari tomonidan yozilgan aqida va kalom ilmlariga oid asarlarning tadqiqiga oid ilmiy loyihalarni amalga oshiradi;
- islom dinining ilm-maʼrifat, bunyodkorlik va insoniylikka asoslangan mazmun-mohiyatini ochib berishga bagʻishlangan tadqiqotlarni amalga oshiradi.
Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha Vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi.








