Prezident ishchi kuchi koʻp talab qiladigan boshqa tarmoq korxonalari ham bunday tashabbus bilan chiqsa, ularni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini aytdi.
Arzon xomashyo bilan taʼminlash maqsadida 2028-yil 1-yanvargacha aralash mato va gazlamani bojxona bojidan ozod etilmoqda. Lekin bunday muammo sanoatning boshqa sohalarida ham bor.
Jahon banki ekspertlari ham tarif siyosati ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishi kerakligini aytmoqda.
Ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida barcha sohalardagi tadbirkorlardan bu yoʻnalishda 130 ta murojaat kelib tushgan.
Davlatimiz rahbari Bosh vazirning iqtisodiyot va investitsiyaga masʼul oʻrinbosarlariga 1-noyabrga qadar har bir tarmoq, hududiy korxonalar talabini oʻrganib, boshqa xomashyo va butlovchi qismlar uchun tariflarni qayta koʻrib chiqishni topshirdi.
Endilikda import jarayonida muvofiqlik sertifikatlari har bir partiyaga emas, shartnomada koʻrsatilgan hajm uchun beriladi.