Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻngʻirot tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “H. A.» nodavlat taʼlim muassasaning oʻqituvchisi U. I. fuqaro U.G.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib quyish evaziga 7,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Nurota tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.A. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni haydovchilik guvohnomasi olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib qoʻyish evaziga 4 mln soʻm pullarni turmush oʻrtogʻi orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.