Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻstonliq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Xalq bank” Gʻazalkent filiali bosh mutaxassisi D.M. va boshqalar “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 85 nafar fuqaroga ajratilgan kredit mablagʻini oʻzi norasmiy boshqarib kelgan “D.” va “SH.” MCHJlarga “Asalari uyasi” sotib olish uchun oʻtkazib, amalda fuqarolarga “Asalari uyasi”ni yetkazib bermasdan qalbaki hujjatlarni rasmiylashtirish orqali jami 2,7 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini naqdlashtirib, 7 foiz ustama olib qolib, fuqarolarga berganligi oqibatida kredit mablagʻlari maqsadsiz sarflanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.