Tekshiruvda “H.g.”, “K.T.” fermer xoʻjaligi va “Ch.m.” MCHJ rahbarlari tumandagi tijorat banki masʼul xodimlari bilan oʻzaro til biriktirib, 51 nafar fuqaro nomiga quyonchilik va chorvachilik yoʻnalishida ajratilgan 1,3 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablagʻini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.Yo.” MCHJ rahbari E.Y. hududdagi tijorat banki filiali sobiq mansabdor shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, 8 nafar fuqaroga tikuvchilik yoʻnalishida ajratilgan 143,2 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻini MCHJ hisob-raqamiga oʻtkazishga erishib, fuqarolarga mahsulotlarni yetkazib berilmasdan, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.