Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.A. va boshqalar tadbirkor S.Yа.ning ishonchiga kirib, unga go'yoki hududiy tijorat bankida ishlovchi tanishlari yordamida 5 mlrd so'm imtiyozli kredit olib berishi evaziga 22 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.