Taʼkidlanishicha, “Inbazar” savdo brendi ostida 3 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda:
- “IN MAG” MCHJ;
- “GO TREND” MCHJ;
- “KDS SALES” MCHJ.
Taqdim etilgan soliq hisobotlariga koʻra, ushbu tadbirkorlik subyektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan taʼminlangan.
Soliq organlari qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlaridan kelib chiqqan holda, soliq toʻlovchilar tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Soliq organlari tomonidan 2024-yilning oʻtgan davrida “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” tizimi orqali xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida, mazkur tadbirkorlik subyektlarida 17 marotaba sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha jarimalar qoʻllanilgan.
Shtatida 1 nafar xodim koʻrsatilgan “«Inbazar”» MCHJ tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida.