Indoneziya ayollar imkoniyatlarini kengaytirish va bolalarni himoya qilish vazirligi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi

    Oʻzbekiston Indoneziya Ayollar imkoniyatlarini kengaytirish va bolalarni himoya qilish vazirligi bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi xabar berdi.

    Taʼkidlanishicha, joriy yilning 13-mart kuni Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Parpibayeva Ozoda Nyu-York shahrida Indoneziya ayollar imkoniyatlarini kengaytirish va bolalarni himoya qilish masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) aʼzo davlatlarning tegishli idoralari hamda jamiyatlari ishtirokida xotin-kizlarning jamiyat hayoti va davlat boshqaruvidagi oʻrnini kuchaytirish boʻyicha Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumini imzolash hamda 12-14-mart kunlari “Osiyo ayollar forumi”ga ishtirok etish masalasi muhokama qilindi.

    Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Indoneziya ayollar imkoniyatlarini kengaytirish va bolalarni himoya qilish vazirligi oʻrtasidagi quyidagi yoʻnalishlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi:

    • ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy, taʼlim, gumanitar, turizm va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga koʻmaklashish;
    • xotin-qizlarning jamiyatdagi huquqlari, manfaatlari va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi rolini oshirishga koʻmaklashish;
    • milliy anʼanalarni asrab-avaylash, oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish;
    • xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning tadbirlari hamda forumlari doirasida oʻzaro manfaatli masalalarni muhokama qilishda muntazam uchrashuvlar oʻtkazish, bir-birini qoʻllab-quvvatlash va yordam koʻrsatish kabi masalalarda hamkorlik oʻrnatish boʻyicha kelishildi.