Suhbat chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi va Indoneziya Respublikasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.
Qishloq xoʻjaligi, yashil energiya, turizm va oziq-ovqat sanoati sohalarida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama etildi va tegishli chora-tadbirlar kelishib olindi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Indoneziya Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning ikkinchi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrishga kelishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazirligi matbuot xizmati.