“Biz hozirda palma yog‘ini ishlab chiqmoqdamiz va tadqiq qilmoqdamiz, chunki 2045-yilga borib uning 100 million tonnadan ko‘prog‘ini ishlab chiqarishimiz mumkinligiga ishonamiz. Shundan 30 foizi oziq-ovqatga yo‘naltiriladi, qolgan 70 foizi esa muqobil yoqilg‘i uchun foydalanishimiz mumkin”, — dedi vazir.

Uning tushuntirishicha, Indoneziyaga qazib olinadigan yoqilg‘ilarni import qilish kerak emas, chunki uning palma muqobili barcha yo‘qotishlarni qoplashga qodir.

Avvalroq dunyoning eng yirik palma yog‘i ishlab chiqaruvchilari Malayziya va Indoneziya Yevropa Ittifoqining ushbu mahsulot yetkazib berishga ta’sir etuvchi yangi qonun loyihasiga qarshi birlashishga qaror qilgani xabar qilingan edi.