Bu haqda Reuters mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.
Alpinistlar tunni vulqon krateridan taxminan 6,4 kilometr uzoqlikda joylashgan bazaviy lagerda o'tkazishga majbur bo'lishdi, shundan so'ng mahalliy hokimiyat ularni xavfsiz joyga evakuatsiya qilishni tashkil qildi.
Qutqaruvchilar shuningdek, vulqon yaqinidagi hududlardan 900 dan ortiq aholini evakuatsiya qilishdi. Ularning barchasi vaqtincha maktablar, masjidlar va davlat binolarida joylashtirildi.
Avvalroq vulqon otilishi oqibatida osmonni dengiz sathidan 5,7 kilometr balandlikkacha kul buluti qoplagan edi, deb xabar berdi report.az.









