Seysmik hodisa Maluku orol provinsiyasida, Maluku, Tanimbar, Kei va Aru orollari tumanlarida yuz berdi. Zilzila o'chog'i dengizda, Janubi-Sharqiy Maluku orol okrugi (Tanimbar arxipelagi) qirg'oqlaridan 125 kilometr janubi-sharqda, 97 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Yer silkinishlarini Kei arxipelagidagi Saumlaki, Dobo shaharlari, Sorong va Kaymana (G'arbiy Papua), shuningdek Banda aholisi his qilgan.

Sunami xavfi e'lon qilinmadi. Vayronagarchilik va qurbonlar haqida hozircha ma'lumot yo'q, deyiladi mir24.tv saytida.