Film Indoneziyaning “Antara” milliy yangiliklar agentligi tomonidan indonez tiliga tarjima qilingan.

Premyera avvalida Indoneziya Milliy kutubxonasi direktori Muhammad Sharif Bando nutq soʻzladi.

- Abu Ali ibn Sino yetuk olim va zamonaviy tibbiyotning otasi, - dedi u. - Koʻp odamlar Abu Ali ibn Sino asarlarini bizning kutubxonamizda oʻrganmoqda, ammo rostini aytganda, bu buyuk olimning tugʻilgan joyi Oʻzbekiston ekanligini hamma ham bilmaydi. Shu sababli, bugungi tadbir Abu Ali ibn Sinoning vatani haqida koʻproq maʼlumot berganidan juda xursandman.

Premyera doirasida kutubxona fondida saqlanayotgan Abu Ali ibn Sinoning barcha asarlari koʻrgazmasi tashrif buyuruvchilarga taqdim etildi.

Film namoyishidan soʻng OAV vakillari va ishtirokchilar uchun matbuot anjumani oʻtkazildi. Shuningdek, “Oʻzbekiston haqida kim koʻproq biladi?” mavzusida viktorina tashkil etildi. Viktorinada Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodi hamda Oʻzbekiston tarixi toʻgʻrisida savollar berildi.

“Sharqdan nur” hujjatli filmi namoyishi hafta oxirigacha davom etadi.