Reyter agentligining maʼlumotlariga qaraganda, mazkur robot masofadan turib boshqariladi. U kastryulka, tava, televizorning eski ekranlari kabi uy-roʻzgʻor buyumlaridan yasalgan.

Indoneziyada COVID-19ning “Delta” shtammi keng tarqalganidan keyin mazkur robot “Delta-robot” deb nomlandi.

“Delta shtammi bilan kasallanish koʻrsatkichi oshishi bilan robotni jamoat ishlari uchun foydalanishga qaror qildim. Robot dezinfeksiya vositalari purkash, karantinda oʻtirganlarga ovqat yetkazish va boshqa masalalarda koʻmaklashmoqda”, deydi loyiha rahbari Aseyanto.

Robotga mikrofon oʻrnatilgan boʻlib, karantinda oʻtirgan bemorning uyiga mustaqil ravishda bora oladi.