Yong'in Batam shahridagi kema ta'mirlash zavodida bo'lgan MT Federal II neft tashuvchi tankerda sodir bo'lgan.
Mahalliy politsiya boshlig'i Zaenal Arifinning aytishicha, jabrlanganlarning barchasi kemani ta'mirlayotgan ishchilardir.
“Ulardan ba'zilarining ahvoli og'ir”, deydi u.
Arifinning ta'kidlashicha, kema kimga qarashli ekani haqida hozircha ma'lumot yo'q.
Hozirda yong'in sabablari o'rganilmoqda. Politsiya, shuningdek, hodisa vaqtida tankerda neft bo'lmaganini tasdiqladi, deb xabar berdi report.az.









