Muzey Gresike shahrida joylashgan. Uni yaratish uchun uch oy vaqt ketdi, shuningdek, ifloslangan daryolar va plyajlarda to'plangan 10 mingdan ortiq plastik chiqindi: idish, sumka va naychalar kerak bo'ldi.

Muzeyning maqsadi odamlarni o'z odatlarini qayta ko'rib chiqishga chaqirish va bir marta ishlatiladigan buyumlardan voz kechishga undashdir.

“Biz odamlarga bir marta ishlatiladigan plastmassa buyumlarning zarari haqida ma'lumot bermoqchimiz. Bu buyumlarni qayta ishlash juda qiyin. Bugundan plastmassadan foydalanishni to'xtatishimiz kerak, chunki ular bizning okeanimizni ifloslantiradi, biz iste'mol qilayotgan oziq-ovqatlarda ham o'zining salbiy ta'sirini qoldiradi”, — deydi Prigi muzeyining asoschisi Arisandi.

Muzeyning markaziy qismida “Devi Shri” deb nomlangan haykal — farovonlik ma'budasi joylashgan, uning uzun libosi bir marta ishlatiladigan plastmassa uy -ro'zg'or buyumlaridan yasalgan.

Qayd etilishicha, platstmassa miqdori bo'yicha Xitoydan keyin ikkinchi o'rinda turadigan Indoneziyada bu muammo juda keskin. Filippin va V`etnamni ham hisobga olganda bu to'rtta mamlakatdagi bir martalik buyumlar dunyoda plastmassaning yarmidan ko'pini tashkil qiladi.