Gʻarbiy Sulavesi provinsiyasidagi payshanbada 6,2 magnituda kuchi va juma kuni 5,9 magnituda aftershok (davomli va nisbatan kuchsiz) kuchi bilan sodir boʻlgan zilzilaning umumiy qurbonlari soni 81 nafarga yetgan. 14-yanvarda jala tufayli yuzaga kelgan suv toshqini yana Janubiy Kalimantan provinsiyasida 15 kishining yostigʻini quritdi, deb xabar bergan Raditya Djati agentligi matbuot xodimi.
Uning soʻzlariga qaraganda, provinsiya rahbariyati falokat sodir boʻlgan hududdan 70 ming nafar atrofida aholini qutqargan. Gʻarbiy Sulavesida zilzila mingdan ortiq uylarni vayron etgan. Provinsiyada qutqaruv ishlari davom etyapti.
Gʻarbiy Sulavesi provinsiyasidagi 15-yanvar, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 2:28da 6,2 magnitudali zilzila sodir boʻlgan. Zilzila markazi Madjen rayonidan shimoliy-gʻarbga qarab, 6 kilometr masofada sodir boʻlgan. Zilzila oʻchogʻi 10 chuqurlikda boʻlgan. Payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:35da mazkur rayonda 5,9 magnitudali yer qimirlash kuzatilgan. Payshanbadan mahalliy seysmologik xizmati 28 marotaba aftershokni aniqlagan, deb xabar beradi TASS.