Mamlakatimizga kirib keluvchi xorijlik sayyohlar sonini 7 mln nafardan oshirish, bu borada Oʻzbekistonning turizm salohiyatini xorijda keng targʻib etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Indoneziyaning yirik media tarmogʻi hisoblangan (SCTV) “Surya Citra Televisi” telekanali orqali yurtimiz turizm imkoniyatlarini oʻzida aks ettirgan videoroliklar namoyish etildi.
Maʼlumot uchun, “SCTV” telekanali ijodkorlari tomonidan Janubi-sharqiy Osiyoda yashovchi musulmon aholi eʼtiborini mamlakatimizning ommaviy sayyohlik yoʻnalishiga jalb etishda Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida ziyorat turizmi salohiyati haqida ham dasturlar tayyorlangan edi.
Turizm qoʻmitasi tashabbusi bilan mamlakatimizning Jakarta shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar Indoneziyadan turistlar oqimini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega.