Ingliz tilini biladigan oʻzbekistonlik hamshiralar Buyuk Britaniyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Nomzodlar sudlanmagan, IELTS 7 yoki OET 3,5 darajadagi sertifikatga ega Tibbiyot texnikumi (yoki Oliy hamshiralik ishi) talabasi yoki bitiruvchisi boʻlishi talab etiladi.

Ish haqi 3000 AQSH dollaridan boshlanadi, tanlovdan oʻtgan nomzodlarga oilani olib ketish imkoniyati beriladi.

Qayd etilishicha, loyiha Buyuk Britaniyada akkreditatsiyadan oʻtkazilgan hamda mehnat sharoitlari (nafaqa, sugʻurta, taʼtil, bepul tibbiy xizmat) Buyuk britaniyalik hamshiralar bilan bir xil.

Ingliz tilini bilmaydigan hamshiralarga imkoniyat sifatida Samarqand shahrida joylashgan MEDECON universitetida ingliz tilini bilmaydigan hamshiralarga OET, CBT va OSCE maxsus kurslari tashkil etilgani maʼlum qilindi.

OET imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga imtihon, viza, sugʻurta, aviachipta va Buyuk Britaniyada yashash joyi (dastlabki 2 oy uchun) xarajatlari qoplab beriladi.

Nomzodlar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari lozim.