Mazkur treningning ochilish marosimida Florida davlat universitetidan trenerlar, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID), Xalq taʼlimi vazirligi hamda Respublika taʼlim markazidan rasmiylar qatnashdi.
Florida davlat universiteti mutaxassislari dastur boshlanganidan beri ilk marotaba Oʻzbekistonga tashrif buyurishdi va mahalliy dastur hamkorlari, oʻqituvchilar, taqriz guruhi aʼzolari hamda oʻquv metodik majmualar yaratilish jarayonida qatnashgan mutaxassislar bilan yuzma-yuz koʻrishdi.
Seminarda oʻquv-metodik majmualar ishlab chiqish jarayoni, bolalar uchun qiziqarli va pedagogik jihatdan mos boʻlgan kontentning nozik jihatlari, dizayn sirlari va boshqa koʻplab mavzularga eʼtibor qaratiladi.