– Oliy ta'lim muassasalarida innovatsion faoliyatni olib borish masalasi yuzasidan shuni aytish mumkinki, barcha ilmiy loyihalar Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirib boriladi. Qolaversa, oliy ta'lim muassalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari bevosita ayni vazirlik bilan ishlaydi. Shuningdek, mazkur lavozimga nomzodlar Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda, tasdiqlanadi.

Innovatsion faoliyatni tartibga solish masalasida, menimcha, qabul qilinayotgan “Innovatsion faoliyat to‘g'risida”gi qonunda barcha yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, vazir Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tomonidan berilgan innovatsion faoliyatni amalga oshirilishida oliy ta'lim tizimida belgilanadigan faoliyat yo‘nalishlari to‘g‘risidagi savolga ham to‘xtalib o‘tdi.

– Oliy ta'lim tizimidagi talabalardan tortib, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashgacha bo‘lgan bosqichdagi ilmiy ishlarning barchasi innovatsion maqsadlarga yo‘naltiriladi. Birinchidan barcha ilmiy ishlanmalar ma‘lum natijalar bilan, ayniqsa, ishlab chiqarish bilan bog‘langan holda olib borishga yo‘naltirilyapti. Bu masalada ishlab chiqarishga yo‘naltirish, mavzularni real ehtiyojlardan kelib chiqib belgilash tegishli vazirlik bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Biz qonunda belgilangan yo‘nalishlarni yanada chuqurlashtiramiz. Ayniqsa, innovatsion faoliyatning aniq platformalarini yaratadigan texnologik parklar va boshqa mexanizmlar ko‘rsatib o‘tilgan. Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda ularning har biri bo'yicha har bir yo‘nalish bo‘yicha bir necha alohida dastur qabul qilinadi.