"Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoniga binoan hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida Vazirlik tizimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari tashkil etildi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining hududiy boshqarmalari hududlarda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish;

ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtiradi;

hududlardagi yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etish bilan bir qatorda, ularning tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi;

ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda mahalliy investorni jalb etadi;

shuningdek, hududiy boshqarmalar joylardagi ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlab, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlaydi;

yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi.

Bundan tashqari, hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning bittadan tumani innovatsion hududga aylantirilmoqda. Bular Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus tumani, Andijon viloyatining Marhamat tumani, Buxoro viloyatining Romitan tumani, Jizzax viloyatining Doʻstlik tumani, Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani, Navoiy viloyatining Karmana tumani, Namangan viloyatining Chust tumani, Samarqand viloyatining Urgut tumani, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumani, Toshkent viloyatining Ohangaron tumani, Fargʻona viloyatining Oltiariq tumani, Xorazm viloyatining Gurlan tumani.

Hozirda vazirlik va yuqorida sanab oʻtilgan tumanlar bilan birgalikda mana shu tumanlarni innovatsion rivojlanayotgan hududlarga aylantirish boʻyicha 2021-2022-yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.