Nanooʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi “Khazra” kompaniyasi uyushtirgan koʻrgazmada oʻgʻitlar namoyish etildi. Ushbu nanooʻgʻitlar oʻsimliklarning fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda “Xelatlashning ilgʻor tenologiyalari” assida ishlab chiqariladi.
Oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgan bu mahsulotlarni ishlab chiqarish tenologiyasi AQSHning Patent va tovar belgilari idorasi (USPTO) tomonidan patentlangan.
Kompaniyaning barcha mahsuloti Eron Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan va bugungi kunda yuqori texnologiyali mahsulot sifatida dunyoning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
Eronning “Raja Information Technology Co” kompaniyasi axborot texnologiyalari, dasturiy taʼminotlar va kompyuter texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya boʻlib, u ham koʻrgazmada oʻz mahsulotlarini namoyish etdi.
Koʻrgazmada ishtirok etish bilan birga ushbu kompaniya V2V uchrashuvlar doirasida oʻzbekistonlik tadbirkorlar bilan uchrashib muzokalar oʻtkazdi. Natijada “Raja Information Technology Co” kompaniyasi va “Narzulla himoya servis” XK oʻrtasida 100 ming dollar miqdorida investitsiya kiritish toʻgʻrisida anglashuv menmorandumi imzolandi.
Shuningdek “InnoWeek-2022” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Eron kompaniyalari ishtirokida B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Oʻzbekistonlik tadbirkorlar eronlik hamkasblari bilan uchrashib, kelgusida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.