“InnoWeek.Uz-2022” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada dalalardagi zararkunandalarni nobud qiluvchi hasharotni koʻpaytiruvchi mini-inkubator namoyish etilmoqda.
— Dalalarda, bogʻlarda zararli hasharotlar uchrab turadi. Shu hasharotlarni oltinkoʻz deb nomlanuvchi hasharot nobud qiladi. Uni maxsus laboratoriyalarda koʻpaytirishadi. Mazkur hasharot uchun Karantin inspeksiyasidan buyurtma tushdi va ularning texnik vazifalari asosida qurilma yaratildi. — deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi INNO texnopark bosh direktori Akbarxon Sobirxonov.
Mazkur qurilma oltinkoʻz tuxumlari uchun inkubatoridir. Yaʼni laboratoriyalarda 3 litrli bankada koʻpaytirilsa, bu inkubator orqali 20 barobar koʻproq va 20 barobar tezroq koʻpayadi.