баннер
29 Mar 2025
14:41

    Insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi

    “Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi(roʻyxat raqami 3599, 17.01.2025-y.).

    Nizom Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.

    Reyestr vakolatli organ (Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatdan iborat boʻlib, unga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:

    • xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda boʻyin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari gʻoliblari toʻgʻrisidagi;
    • majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;
    • davlat xaridlari jarayonida yolgʻon yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida maʼlumotlarni ochib bermagan ishtirokchilar toʻgʻrisidagi;
    • sudning qaroriga koʻra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar toʻgʻrisidagi.

    Insofsiz ijrochi Reyestrga kiritilganidan boshlab 2-yil muddat oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda Reyestrdan chiqariladi.

    Insofsiz ijrochi sudning tegishli qaroriga koʻra Reyestrdan chiqarilishi mumkin.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech