Xususan Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston davlat universitetida "Ziyolilar forumi" doirasi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Forumni tarix fanlari doktori, professor Narzulla Jo'rayev ochib berdi. 

Narzulla Jo'rayev nuqtining avvalida qoraqalpoq xalqining salohiyatini yuqori baholadi.

"Qoraqalpoq xalqi yaratuvchilik hamda katta salohiyat hamda aqliy imkoniyatga ega bo'lgan xalqdir", deya e'tirof etdi.

Shundan so'ng professor ziyolilar va ularning oldiga qo'yilgan maqsad, shuningdek yoshlar masalalariga to'xtalib o'tdi.

"Ziyolilar millatning razmi, jamiyat taraqqiyotining tayanchi. Zero, ziyolilar har bir davlatning shakl-u shamoyilini fenomen sifatida belgilaydi. Bu esa o'z o'rnida bizga yanada mas'uliyat yuklaydi. 

Yoshlarining taqdiriga biz mas'ulmiz, o'z o'rnida ziyolilar qatlamining ham katta qismini yoshlar tashkil etadi. 

Keling, fikr yuritsak, dunyoning ma'naviy-ma'rifiy qiyofasi tobora o'zgarib boryapti. Yangi-yangi aqidalar ilgari surilmoqda. 

Misol uchun "Yevropa halokati" asarida aholining o'sishi to'xtagani qayd etiladi. Bu millatning inqiroziga olib kelishi mumkin. Achinarlisi ushbu halokat butun dunyoni xavf ostida qoldirmoqda. Bu esa yoshlar bilan yanada ko'proq shug'ullanish lozimligini ko'rsatadi. 

Yaqinda OTM talabalari o'rtasida o'tkazilgan tadqiqotda talabalar xorijga ketishini belgilagan. Demak yoshlarda Vatan tuyg'usi so'nib bormoqda. Axir inson 100 yil yashasa, 100 yil tarbiyaga ehtiyoj sezadi", deydi Jo'rayev.