Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, “Sugʻurta faoliyati klassifikatori”ga qoʻshimcha sugʻurta klasslarini qoʻshish orqali kengaytirildi.

Bunda hayotni sugʻurta qilish sohasidagi mavjud 4 ta klassga yana 3 ta klass qoʻshildi. Bular:

-Tartib raqami boʻyicha V-klass — “Majburiyatlarni taʼminlash uchun hayotni sugʻurtalash”;

-Tartib raqami boʻyicha VI-klass — “Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sugʻurtasi”;

-Tartib raqami boʻyicha VII-klass — “Kapitalni qaytarish bilan hayotni sugʻurtalash”.