баннер
5 Apr 2025
14:08

    “Inson” hujjatli fil`mi xalqaro kinoforumda taqdirlandi

    Madaniyat 2 Iyun 2023 1270

    O'zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi “Hujjatli va xronikal fil`mlar kinostudiyasi” DUK tomonidan yaratilayotgan hujjatli fil`mlar keyingi yillarda dunyoning turli xalqaro nufuzli festivallarigna qatnashib, munosib o'rinlarni egallab kelishmoqda.

    O'zbekiston Kinematografiya agentligidan xabar berishlaricha, “Inson” hujjatli fil`mlar turkumida YAngi O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida turli sohalarda bo'layotgan o'zgarishlar o'z aksini topgan. Fil`m qahramonlari ham turli sohalarda ishlayotgan vatandoshlarimizdir. Ularning fikr-mulohazalari orqali islohotlar mazmun-mohiyati, Uchinchi Renessanc poydevori qanday qo'yilayotgani ochib beriladi.

    Furqat Usmonov rejissyorligida suratga olingan ushbu fil`m Rossiyada o'tkazilgan XXXII “Zolotoy Vityaz`” xalqaro kinoforumida hakamlar hay'atining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi. Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Spektr” studiyasi tomonidan operatorlar Jahongir Ibragimov, Azizbek Normatov, ijrochi prodyuser Davronxo'ja Abdug'aniev, bosh prodyuser Firdavs Abduholiqovlardan iborat ijodiy guruh bilan hamkorlikda suratga olingan.

    Zuhra MELIBOEVA,

    talaba

    Telegram kanalimiz
    Text to speech