Unda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolari, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) ishtirok etdi.
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori Foziljon Otaxonov, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va Xalqaro Respublika instituti Markaziy Osiyo, Rossiya, Kavkaz, Belarus va Ukrainadagi dasturlari bilan Yevroosiyo boʻyicha katta mintaqaviy direktori Stiven Niks kirish soʻzlari bilan ochib berishdi.
Davra suhbatida tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda soʻnggi yillarda olib borilayotgan islohotlar, xususan Konstitutsiyaviy islohotlar hamda unda fuqarolarimiz va fuqarolik jamiyati vakillarining ishtiroki yuzasidan maʼlumotlar berib oʻtildi.
AQSH Sobiq Kongressmeni Piter Roskam Oʻzbekistonning Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishdagi saʼyi-harakatlarini ijobiy baholadi. U oʻz soʻzida amerikalik siyosatchi va diplomat, AQSHning uchinchi prezidenti Tomas Jefferson tomonidan ishlab chiqilgan “Amerika Qoʻshma Shtatlari mustaqillik Deklaratsiyasi”ni misol sifatida keltirildi va uni ishlab chiqish ham maʼlum bir vaqt talab etganligini qayd etdi.
Shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy islohotlardagi ishtiroki borasidagi AQSH tajribasi haqida toʻxtalib oʻtdi.
AQSH IRI Xalqaro Respublika Instituti vakillarining mamlakatimizga tashrifi doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti vakillari bilan ham uchrashishdi. Uchrashuv davomida Xalqaro Respublika Instituti tomonidan hamkorlik boʻyicha taklif etilgan “Yoʻl xarita”si loyihasi muhokama etildi.
Uchrashuv jarayonida mehmonlar Ombudsman institutining asosiy faoliyat yoʻnalishlari, jumladan murojaatlar bilan ishlash, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik, harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari hamda xalqaro hamkorlik borasida faoliyati bilan tanishtirildi.
Xalqaro Respublika Instituti vakillari Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ni har jihatdan qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirib oʻtdi.
Shu bilan birga, Xalqaro Respublika Instituti vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtishni va oʻz ofisini ochishni rejalashtirilayotganligi maʼlum qilindi.
Uchrashuv konstruktiv muloqot, oʻzaro anglashuv muhitida hamda doʻstona ruhda oʻtdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.