Uyqusizlik asoratlari, ayniqsa, oʻrta va keksa yoshli insonlar salomatligiga koʻproq xavf soladi.
Yoqutxon Majidova, tibbiyot fanlari doktori, professor:
— Nosogʻlom turmush tarzi, xususan, asabiylashish, bezovtalik, uxlashdan avval meʼyoridan ortiq ovqatlanish, yorugʻ muhit kabi omillar uyqusizlikka sabab boʻladi.
Oqibatda:
immunitet pasayib, inson turli kasalliklarga chalinishga moyil boʻlib qoladi;
foydali ish koeffitsenti kamayib, diqqatni jamlay olmaslik, xotira susayishi kuzatiladi;
kam uxlagan inson yurak-qon tomir kasalliklariga chalinishi, bosh ogʻrigʻi, depressiya, stressdan aziyat chekishi mumkin.
Odatda bir kecha-kunduzda qancha soat uxlash kerak?
chaqaloqlar — 18-19 soat;
bolalar — 11-12 soat;
katta yoshlilar — 7-8 soat uxlashi meʼyor hisoblanadi.