«Aziz maktab bitiruvchilari, kelgusi faoliyatingizda nafaqat oʻzingiz va yaqinlaringizni, balki atrofingizdagi koʻproq insonlarning hayotini yaxshilashga harakat qiling. Buning uchun imkoni boricha yaxshiroq taʼlim olish va tajriba orttirishdan toʻxtamang. 

Albatta, siz dunyoning eng nufuzli universitetilaridan birini bitirib kelganingizdan keyin xalqaro tashkilotda yoki kompaniyada ishlagandek daromadingiz yoki boʻlmasa oʻzingiz va oilangiz uchun qoʻshimcha vaqtingiz yetarli boʻlmas, lekin aynan davlat xizmatchisi sifatida koʻproq insonlar hayotida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlayotganingiz hissini tuyish ham oʻziga xos motivatsiya bagʻishlaydi. 

Davlat xizmatchisi degan sharafli kasbni aynan shu maqsadda tanlashingiz toʻgʻri boʻladi.

Faqatgina yuqori maqsad qoʻyib ishlaydigan, yaxshi bilimli, halol va tajribali davlat xizmatchilari bilan mamlakatimizni dunyoda raqobatbardosh iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishga erishishimiz mumkin! Hech kim tashqaridan kelib biz uchun yurtimizni oʻzgartirib bermaydi... 

Oʻzbekistonning kelajagi – SIZ!»