Qayd etilishicha, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda avtomobil boshqarib, yoʼl harakati qoidabuzarligini sodir etgan haydovchi maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga inspektorga 100 dollar miqdorida pora taklif qilgan.

Inspektorning IIB boshligʼi nomiga yozgan bildirgisi asosida 2023-yil 6-mart kuni IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi va Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida Kogon shahrida joylashgan avtomobil maydonchasida fuqaro inspektorga 100 dollarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.