Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Olot tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan choʻl hududida navbatdagi reyd tadbirlari oʻtkazildi.

Reyd davomida 3 nafar fuqaro UAZ avtomashinasida saksovul oʻsimliklarini olib ketayotgani maʼlum boʻldi. Inspektorlar huquqbuzarlarni toʻxtatishga harakat qilishganida qarshilib koʻrsatib, inspektorlar boshqaruvidagi xizmat avtomashinasiga qasddan shikast yetkazishfan hamda voqea joyidan qochib ketishgan.

Huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash maqsadida oʻrganish ishlari olib borilib, prokuratura tomonidan ish qoʻzgʻatildi va yigʻilgan hujjatlar sudga taqdim etildi.

Tuman sudi tomonidan mazkur holat koʻrib chiqildi. Sud hukmiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan 3 nafar fuqaroga 41 million 625 ming soʻm zarar va jarima qoʻllanildi.

Shuningdek, xizmat mashinasiga 6 million soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi va toʻliq undirildi.