Instagramʼdagi izoh sabab Samarqandda maktab oʻquvchisi halok boʻldi

    Voqea-hodisalar 20 May 2025 1016

    Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 2 maktab maktab oʻquvchilari ishtirokidagi janjalda oʻquvchilardan biri halok boʻldi. Voqea darsdan soʻng sodir boʻlgan.

    “Millar” dasturida aytilishicha, janjalda tumandagi 1-maktabdan 3 nafar oʻquvchi va 12-maktabdan 2 nafar oʻquvchi ishtirok etgan. Ushbu janjalda 12-maktabdan qatnashgan oʻquvchilardan biri voqea joyida halok boʻlgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, oʻquvchilar oʻrtasidagi janjalga Instagramʼdagi izohlar sabab boʻlgan. Janjalda oʻquvchilardan biri marxumga tirsak bilan zarba berishi oqibatida u orqaga yiqilgan va tili ketgan.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qism "d" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.