“Dolzarb 40 kun” doirasida davom etgan amaliy tadbirda institut rektori boshchiligidagi jamoa — barcha prorektorlar, fakul`tetlar dekani, bo'lim boshliqlari, professor-o'qituvchilar, texnik xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etdi.
Institutning 0,60 gektar er maydonidan 0,16 gektarida bog' tashkil etish belgilangan edi. Ayni paytda hududda Ishoqxon Ibrat nomidagi ota-onalar va ustozlar bog'i, professor-o'qituvchilar bog'i, yoshlar bog'i tashkil etildi.
endi esa ushbu bog'larning gullab-yashnashi, daraxtlarni bo'y cho'zgungacha asrab-avaylashga barchamiz mas'ulmiz, deyiladi institut axborot xizmati xabarida.