Insult boʻlgan bemorlarga yordam koʻrsatuvchi robot ishlab chiqildi

    Fan 22 Avgust 2024 257

    Xalqaro olimlar jamoasi insult yoki miya jarohati olgan bemorlarni tiklash uchun robot-trener ishlab chiqdi.

    Bu haqda The National Robotarium saytida xabar berildi.

    Robot bemorning miya signallarini qayta ishlash orqali u bilan muloqot qila oladi. Mashgʻulotlar davomida mashina real vaqt rejimida odamlarning harakatlarini va fikr-mulohazalarini koʻrsatishi mumkin va shu bilan reabilitatsiya jarayonini avtomatlashtiradi va tezlashtiradi.

    Shotlandiyaning Milliy Robotarium tashkiloti tadqiqotchilarining fikriga koʻra, insult va ogʻir miya jarohati olgan odamlarning taxminan 80 foizi oyoq-qoʻllarini ishlatishda nuqsonlarga ega. Qayta tiklash uchun ular muayyan harakatlarni koʻp marta takrorlashlari kerak. Biroq, bemorlarning faqat 30 foizi dasturni muvaffaqiyatli yakunlaydi.

    Tadqiqot davomida tadqiqotchilar insult yoki miya jarohati olgan 16 nafar bemor bilan ishladilar va ularga robot koʻmagida yordam berishdi. Maʼlum boʻlishicha, neyron interfeys orqali mashina foydalanuvchilarning harakatlarini samarali bashorat qila oladi va ularga mashqlarni bajarish tartibini koʻrsatadi.