Jamoat transportini qulay va xavfsiz qilish boʻyicha hududlarda yaxshi innovatsion tajribalar boshlangan.

Masalan, Toshkent shahrida 200 kilometr yoʻl, 4 ta koʻprikni taʼmirlash uchun Xitoydan 300 million dollar investitsiya jalb qilinmoqda.

Shuningdek, poytaxtdagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida “Intellektual transport” axborot tizimi ishga tushadi.

Ushbu tizimga Toshkent shahridagi 700 dan ziyod chorraha va ulardagi barcha svetofor, foto va videokuzatuv moslamalari ulanadi.

Transport oqimiga qarab svetoforlarni masofadan boshqarish hisobiga tirbandliklar 25-30 foizga kamayishi mumkin.