International Digital taʼlim muassasasi rahbariyati bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi

    Ta'lim 2 Avgust 2022 2083

    Joriy yil 1-avgustda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov International Digital taʼlim muassasasi loyihasi asoschisi Ibrohim Hurramov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Shuningdek, ushbu uchrashuvga taʼlim muassasasi raisi Alan Frans onlayn tarzda ishtirok etdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekistonda taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama etildi.

    Oʻz navbatida, raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Oʻzbekistonda IT-taʼlimni rivojlantirishda ushbu taʼlim muassasasi bilan birgalikda ish olib borish muhimligi taʼkidlandi.

    Shu bilan birga, AKT vazirligi bilan hamkorlik qilgan holda taʼlim sifatini taʼminlash, korxona va tashkilotlar bilan universitet oʻrtasidagi sheriklik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha takliflar bildirildi.

    Uchrashuv soʻngida tomonlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda kelgusida oʻzaro manfaatli sherikchilikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.