“International Robotics Challenge” (IRC-2020) Xalqaro robototexnika musobaqasi ochilish marosimi munosabati bilan Kanada davlat Cogmation Robotics kompaniyasi prezidenti hamda bosh direktori Larry G Schmidt hamda Janubiy Koreya Global Robot Cluster prezidenti Kim Chang-ho, Qozogʻiston respublikasi Robototexnika boʻyicha federatsiya prezidenti Ayjan Jakeyeva oʻz video tabriklarini yoʻllashdi.
Bugungi musobaqalarda 11 ta davlatdan 200 ga yaqin yoshlar (Janubiy Koreya, Gruziya, Ozarbayjon, Afgʻoniston, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Eron, Turkiya, Malayziya) ishtirok etyapti.
Undan tashqari, Meksika, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Afgʻoniston davlatlarining ekspertlari savol-javob sessiyasida ishtirok etdilar. Musobaqa 3-8-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.
Xabarda musobaqa haqida toʻliq maʼlumotni www.robochallenge.uz havolasi orqali olish mumkinligi eslatiladi.