Bahor bayrami (Xitoy taqvimiga binoan Yangi yil) munosabati bilan haftalik taʼtilning dastlabki besh kunida mamlakat pochta xizmati 365 million dona joʻnatmani oʻz egalariga yetkazib bergan.
Qayd etilishicha, birgina taʼtilning dastlabki ikki kunida 130 millionta joʻnatma qabul qilib olingan. Hukumat COVID-19 munosabati bilan bayramni uyda – oila davrasida nishonlashga chaqirgani ortidan, odamlar yaqinlarini yoʻqlab borish oʻrniga sovgʻalar joʻnatishni lozim topganlar.
Buning ortidan internet-doʻkonlar va pochta xizmatiga talab keskin koʻtarilgan.