Qozogʻistonda elektron xizmat koʻrsatadigan xalqaro Internet gigantlari Google, Facebook, Amazon, Netflix va boshqalar 2022-yil 1-yanvardan boshlab soliq toʻlashi belgilab qoʻyildi.

Kelgusi yildan boshlab ular Qozogʻiston byudjetiga QQS toʻlashni boshlashlari kerak.

“Google”ga soliq qoʻllash respublikaning soliq rezidenti boʻlmagan xorijiy kompaniyalar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni nazarda tutadi, chunki ular oʻz raqamli tovarlari va xizmatlarini Qozogʻistonga import qiladi.

Bu tovarlar va xizmatlar roʻyxati, masalan, Internet orqali dasturiy taʼminot, kompyuter oʻyinlari va maʼlumotlar bazasidan foydalanish huquqini sotib olishni oʻz ichiga oladi. Bunga elektron kitoblar, Internetdagi rasmlarni sotib olish, musiqiy va audiovizual asarlarni koʻrish va tinglash ham kiradi.

Soliq marketing va reklama sohalariga taʼsir qiladi. U reklama xizmatlarini, shu jumladan reklama maydoni, domen nomlari va xosting xizmatlarini taqdim etish, shuningdek, saytlar statistikasini yuritishni oʻz ichiga oladi.

“Koʻp kompaniyalar Google va Facebook dagi reklama xarajatlarini buxgalteriya boʻlimida aks ettira olmaydi, chunki xizmat koʻrsatuvchi provayderlarning dastlabki hujjatlari yoʻq. Koʻpincha, pul direktorning kartasidan olinadi va bu hammasi”, deb tushuntiradi Uchet.kz kompaniyalar guruhi asoschisi Maksim Barishev.

Oʻtgan yilning yozida Qozogʻiston Milliy iqtisodiyot vazirligi xorijiy internet -kompaniyalarning potensial daromadini yiliga qariyb 2 milliard tangaga baholagan edi.