Tekshiruvda, fuqaro M.A. va boshqalar “L-N.S.” xususiy korxonasini tashkil etishib, fuqarolarni internet tarmogʻi orqali biznes qilishga oʻrgatish niqobi ostida faoliyat yuritishib, ularga vaʼda qilingan mahsulotlarni yetkazib bermasdan yoki chet elga turistik sayohatlarni tashkil etmasdan jami 110 nafar fuqaroning 29 148 AQSH dollari va 349,1 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 188-1-moddasi (pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.