Shayxontohur tuman mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi tomonidan Toshkent shahar Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasining Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan “Ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari, internetdan kelayotgan xavf-xatarlardan xabardor qilish, ularga qarshi “Mafkuraviy immunitetni”ni mustahkamlashga qaratilgan davra suhbati o'tkazildi. 

Unda Shayxontohur tuman Baland jom'e masjidi imom xatibi, Adliya bo'limi, “Nuroniylar” kengashi, tuman mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi, va boshqa mutassadilar ishtirok etishdi.

Ushbu davra suhbatini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarni internet orqali kirib bilib-bilmay ularning ta'siriga tushib qolishini, internet saytlariga o'zlarining har xil ko'rinishda tushgan sur'atlarini joylashtirishda ehtiyotkor bo'lishligi, qo'l telefonlari orqali targ'ib qiluvchi fotosuratlar va videofil`mlarni ko'chirib olib natijada javobgar bo'lib qolishlarini oldini olish va ularni mamlakatimizdagi osoyishtalik va xotirjamlikni ardoqlab, ilmli, ma'rifatli bo'lib, ilm-fan yo'lida erkin ijod qilishlari faqat yaxshilikka intilish yo'lida internet xizmatidan foydalanishlari lozimligi to'g'risida tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida qiziqarli viktorinalar o'tkazilib, g'oliblarga kitoblar sovg'a qilindi, deb yozmoqda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati.