Ushbu masala jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha BMT Kongressi 14-sessiyasining mavzularidan biriga aylandi. Unda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokchilarga murojaat yoʻlladi.
“Jinoyatchilar oʻzlarining noqonuniy harakatlarini amalga oshirish uchun yangi texnologiyalardan, shu jumladan, virtual makondan keng foydalanayapti. Kiber olam qonuniy tartibga solinmaganligi u yerda sodir etilgan jinoiy harakatlar miqyosining oʻsishiga olib kelmoqda”, - dedi Antonio Guterresh. Uning qoʻshimcha qilishicha, qonun chiqaruvchilar yangi voqeliklarni hisobga olishi va internetda odamlarni firibgarlik va talon-taroj qilishdan, dezinformatsiya va haqoratlardan huquqiy himoya qilish mexanizmlarini yaratishi kerak.
Yakshanba kuni Kioto shahrida BMTning jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha Kongressi oʻz ishini boshladi. Bunday kongresslar har besh yilda oʻtkaziladi. 14-sessiya 2020-yilda boʻlib oʻtishi kerak edi, ammo pandemiya sababli qoldirildi.
Yigʻilish delegatlari tomonidan Kioto deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda jinoyatchilikning oldini olish va ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar nazarda tutilgan. BMT rahbari ularning Barqaror rivojlanish maqsadlari va dunyoda tobora kuchayib borayotgan tengsizlik mavzusiga nisbatan adolat holatini muhokama qilishga tayyorligini mamnuniyat bilan qabul qildi.
BMTning jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha Kongressi hukumat vakillari, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralar va jinoiy sud ekspertlari uchun dunyodagi eng yirik forumdir. Ushbu uchrashuvlar transmilliy uyushgan jinoyatchilikning global tahdidiga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga hissa qoʻshadi.