Ta’kidlanishicha, kiberjinoyatchilarga ko‘plab xodimlar masofadan ishlashga o‘tgani va xavfsizligi past bo‘lgan uy kompyuterlarida ishlagani qo‘l kelgan va ular o‘zgalarning elektron pochtasidan faol foydalanishni boshlagan.

“Hujumchilar masofadan ishlashga o‘tgan xodimlarni nishonga olgan, kompyuterlariga zararli dasturlarni yuqtirgan va shu orqali ular korporativ tarmoqqa kirish huquqiga ega bo‘lgan”, dedi  Group-IB  kompyuter-kriminalistika laboratoriyasi rahbari Valeriy Baulin.

Shu bilan birga, firibgarlar pochta jo‘natmalarida infeksiya yuqtirish mavzusidan foydalangan.

Masalan, aniqlangan zararli elektron pochta xabarlarida raqamli ruxsatnomalarni sotib olish bo‘yicha takliflar, karantin qoidalarini buzganlik uchun jarima to‘g‘risida ogohlantirish va go‘yoki taniqli serverlardan videokonferensiyalarga taklifnomalar mavjud edi.