Investitsiya dasturi doirasida 34 mingdan ziyod ish oʻrni yaratiladi

    Investitsiyalar 29 Dekabr 2020 1725

    Prezident qarori (PQ–4937-son, 28.12.2020-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi.

    Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

    ➖ 928,7 trln miqdordagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, jumladan 37,5 mln mlrd AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishini nazarda tutuvchi 2021-2023-yillarda kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirishning yigʻma prognoz parametrlari, shuningdek investitsiyalar va kreditlarni oʻzlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari;

    ➖ 226 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 34 mingdan ziyod ish oʻrni yaratilishini nazarda tutuvchi 2021-yilda yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha manzilli dastur.

    Qaror bilan Investitsiya va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida Investitsiyadan keyingi monitoring boshqarmasi tashkil etildi.

    Boshqarma faoliyati asosan investitsiya dasturlari doirasida yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlaridan foydalanish darajasini tahlil qilishga, investitsiya loyihalari boʻyicha texnik va iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga koʻmaklashishga qaratiladi.