Unga koʻra:
«UorliPrasons Oʻzbekiston injiniring» qoʻshma korxonasi tashkil etiladi.
Maʼlumki, «Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha» instituti, “OʻzLITIneftgaz” AJ bilan «UorliParsons Niderlands BV» kompaniyasi oʻrtasida 2011-yil 17-fevralda ustav fondi 200 ming AQSH dollari miqdoridagi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida «UorliParsons Oʻzbekiston injiniring» qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolangan edi.
Bundan tashqari,
«Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha» — Oʻzbekiston elektroenergetika, neft va gazni qayta ishlash, kimyo va ogʻir sanoat davlat loyiha instituti — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oʻzinjiniring» Respublika loyiha institutiga aylantirilgan. Uning «UorliParsons Oʻzbekiston injiniring» MCHJ QK ustav fondidagi ulushi 25 foiz, “OʻzLITIneftgaz” AJning ulushi 25 foiz, «UorliParsons Niderlands BV» kompaniyasiniki esa 50 foizni tashkil etgan.
2017-yil 28-iyunda «UorliParsons Niderlands BV» kompaniyasi “Intecsea Group B.V”(Niderlandiya Qirolligi) kompaniyasi tarkibiga, “Intecsea Group B.V”(Niderlandiya Qirolligi) kompaniyasi esa “Intecsea B.V” (Niderlandiya Qirolligi) kompaniyasi tarkibiga qoʻshilganligi uchun «UorliParsons Oʻzbekiston injiniring» MCHJ QK taʼsischilari roʻyxatiga “UorliParsons BV” kompaniyasi oʻrniga “Intecsea B.V” (Niderlandiya Qirolligi) kompaniyasi kiritilgan edi.
Mazkur qaror bilan:
«UorliParsons Oʻzbekiston injiniring» MCHJ QK ustav fondidagi ulushlari (jami 50 foiz) belgilangan tartibda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga beriladi.
Shuningdek,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda «UorliParsons Oʻzbekiston injiniring» MCHJ QK ustav fondidagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining 0,1 foiz ulushini “Intecsea B.V” (Niderlandiya Qirolligi) kompaniyasiga sotish masalasi boʻyicha tegishli choralarni koʻrishi belgilandi.