26 Apr 2025
15:26

    Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Fransiya Elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv oʻtkazdi

    Xalqaro hamkorlik 28 Mart 2024 1317

    Shu yil 28-martda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Fransiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Asosiy eʼtibor joriy sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorlikning dolzarb masalalariga, jumladan, energetika, qishloq xoʻjaligi, suv taʼminoti, transport, turizm, togʻ-kon sanoati va boshqa sohalarda avval kelishilgan loyihalarni amalga oshirish ishlariga qaratildi.

    Tomonlar 2024-yilda yirik qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni ham koʻrib chiqdilar.

    Uchrashuv yakunida muhokama qilingan barcha yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga qatʼiy intilish bildirildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech