Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Turkiyaning quyidagi yo'nalishlarda ilg'or tajribasi va innovatsion yondashuvlarini joriy etish masalalari bo'yicha investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi sifatida turk ekspertlari jalb qilinadi:

  • jadal sanoatlashtirish va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, iktisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasi va hududlarni kompleks rivojlantirish siyosatini ishlab chiqish, ishlab chiqarishning xalkaro sifat standartlarini joriy etish;
  • “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish va investitsiya myhitini takomillashtirish;
  • maxsus iqtisodiy zonalarning samarali faoliyatini tashkil etish;
  • ikki mamlakat o'rtasidagi sanoat kooperatsiyalarini yanada rivojlantirish.

SHu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagi yo'nalishlar bo'yicha Turkiya Respyblikasi hukumatining texnik ko'magi kengaytirilib, etakchi turk ekspertlari jalb qilinadi. Bular:

  • sog'liqni saqlash infratuzilmasi ob'ektlarini boshqarish sohasidagi salohiyatni oshirish;
  • seysmologiya sohasidagi institutsional va normativ-huquqiy bazani mustahkamlash, zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek, baland binolar, gidrotexnik inshootlar, ko'priklar va boshqa infraryzilma ob'ektlarini qurish va ulardan foydalanishda seysmik xavfsizlikni ta'minlash masalalarida respublikamizning ilmiy salohiyatini rivojlantirish;
  • yo'llar va yo'l bo'yi infratuzilmasini qurish hamda ulardan samarali foydalanish sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga ko'maklashish;
  • "elektron hukumat" sohasida Turkiya Respublikasining eng yaxshi echimlari va texnologiyalarini joriy etish orqali ushbu tarmoqdagi salohiyatni oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni qo'llab-quvvatlash.